08:45 / 28.09.2015
2303

Eron prezidenti “IShID”ga qarshi kurashayotgan barcha kuchlarni umumiy reja ishlab chiqishga chaqirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan barcha kuchlarni Bashar Asad hukumati fikrini hisobga olgan holda Suriya bo‘yicha umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqishga jalb qilish kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda Ruhoniy AQShning NPR radiostansiya efirida aytdi.

“Biz hozirning o‘zidayoq keyingi harakatlar haqida aniq gaplashib olishimiz kerak. Suriya hukumati ham bunda ishtirok etib, o‘z nuqtai nazarini, qolgan manfaatdor tomonlar ham o‘z fikrini bildirishi kerak va biz bu fikrlarni jamlab, harakatlar rejasini ishlab chiqishimiz mumkin bo‘ladi”, deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniy bunda “so‘nggi va eng muhim so‘z” Suriya xalqi tomonidan aytilishi kerakligini ta'kidladi.

Top