17:06 / 28.09.2015
1864

Fabio Kapello «Yuventus»ga yangi murabbiy sifatida kelishi mumkin

Italiyalik tajribali mutaxassis Fabio Kapello «Yuventus» boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda Calcio Mercato xabar bergan.

Mahalliy OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Turin klubining hozirgi bosh murabiyi Massimiliano Allegrining taqdiri keyingi ikki o‘yinga bog‘liq. Agar ijobiy natijalar qayd etilmasa, u iste'foga chiqadi.

Kapello 2004-2006 yillarda "Yuventus" bilan ikki bor Skudettoni qo‘lga kiritgan edi.

"Ko‘hna sinoralar"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lganlar orasida Marchello Lippi, Valter Matstsari va Yurgen Klopp nomlari ham sanab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 turdan so‘ng, o‘tgan mavsum chempioni "Yuventus" chempionatda besh ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Top