17:43 / 28.09.2015
2620

Iroq bosh vaziri: Biz IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan bahamjihat ish olib borishga tayyormiz

Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiyning qayd etishicha, rasmiy Bag‘dod IShID jangarilariga qarshi kurashish uchun Rossiya, Suriya va Eron kabi boshqa davlatlar bilan bahamjihat ish olib borishga tayyor, deya xabar beradi Associated Press.

Shuningdek u, Rossiya tomonining IShIDga qarshi kurashishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.

Shu bilan bir qator iroqlik mansabdor mamlakatning AQSh bilan birgalikda Suriya hududidagi jangarilarga harbiy havo qo‘shinlari orqali zarba berishni davom ettirishlarini ma'lum qildi.

27 sentabr kuni mamlakat tashqi ishlar vazirligi IShIDga qarshi kurashda Rossiya va Suriya bilan hamkorlik qilinishini tasdiqlagandi.

Top