11:06 / 28.09.2015
2415

Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari koalitsiyasi parlamentdagi 62ta o‘ringa ega bo‘ladi

Kataloniyada bo‘lib o‘tgan mahalliy parlamentga saylovlardagi 99,67 foiz ovozlar qayta hisoblab chiqilganidan so‘ng avtonomiya mustaqilligi uchun kurashayotgan koalitsiya 39,57 foiz ovoz to‘plab, 62ta o‘ringa egalik qilishi oydinlashdi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Kataloniya hukumati rahbari sanalgan “Fuqarolar” partiyasi vakili Ines Arrimadas iste'foga chiqadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘pchilik kataloniyaliklar koalitsiyadan yuz o‘girishdi”. Barselonada Arrimadas so‘zga chiqqan matbuot anjumanida esa partiya tarafdorlari “Kataloniya, bu – Ispaniya” so‘zlarini jo‘rovozlikda ifoda etishdi.
O‘z navbatida, Milliy partiyadan nomzod Ksave Garsia Albiol saylov natijalari ko‘pchilik kataloniyaliklar Ispaniyadan ajrab chiqishga qarshi ekanini ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.

Kataloniya sotsiologik partiyasi yetakchisi Mikel Iseta “Mustaqillik uchun birga” “plebissit” singari imkoniyatlarni ko‘rib chiqishi, biroq ular viloyatning Ispaniya tarkibidan chiqish jarayonini boshlash uchun mutlaq ko‘pchilik ovozni to‘play olmaganini ma'lum qildi.

Avval xabar qilinganidek, 27 sentabr kuni avtonom viloyatda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda “Fuqarolar” partiyasi parlamentdagi 135 o‘rinning 25tasini qo‘lga kiritdi. Kataloniya sotsiologik partiyasi 16, Ispaniyadagi hukmron Xalq partiyasining filiali 11, "Kataloniya, ha, bu mumkin" partiyasi 11, “Milliy birlik” partiyasi 10 o‘ringa ega bo‘ldi.

“Mustaqillik uchun birga” Kataloniya demokratik konvergentsiyalari, "Katalon so‘l respublikachilari" va avtonomiya mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan boshqa bir qator tashkilotlar bilan ittifoq tashkil etdi.

Avvalroq koalitsiya g‘alaba qozongan taqdirda, viloyat hukumatini uning amaldagi yetakchisi Artur Mas boshqarishini ma'lum qilgan edi.

Saylovning yakuni natijalari 4 oktabrda e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya mustaqilligini istayotgan partiyalar parlamentda 68ta o‘rin olishga umid bildirayotgan edi. Bunday natija ularga “Kataloniyaning mustaqilligiga erishish jarayonini” ishga tushirish, ya'ni yangi hukumat tuzib, qonunchilikni o‘zgartirishga imkon beradi. Ayirmachilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Kataloniya 18 oydan keyinoq mustaqil davlatga aylanishi mumkin.

Top