11:37 / 28.09.2015
4913

Nazarboyev Katta Yevrosiyo g‘oyasi haqida gapirib berdi

Qozog‘iston Katta Yevrosiyo g‘oyasi atrofida birlashish tarafdoridir. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Aytilishicha, ushbu g‘oya XXI asrda butun hududni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Buyuk Ipak yo‘li kamari va Yevropa Ittifoqini yagona geosiyosiy loyihaga birlashtirishi mumkin. Bu qit'aning turli nuqtalaridagi notenglikning oldini olishi, yangicha tartib yaratilishiga zamin yaratishi mumkin.

Shuningdek, Nazarboyev Qozog‘istonda ming yillik taraqqiyot rejalari bajarilib kelayotgani yuzasidan hisobot berdi.

Top