"Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 12-turida "Real"ga qarshi o‘tkaziladigan "el-klasiko" bahsigacha jarohatidan tuzalib, safga qaytishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar bergan.
Messi Ispaniya Primerasi 6-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida jarohat olgani tufayli almashtirilgandi.
Biroz o‘tib, Kataloniya klubi rasmiy sayti Messining tiklanishi uchun 7-8 hafta talab etilishi haqida xabar tarqatgandi.
Tekshiruvlardan keyin ma'lum qilinishicha, u 21 noyabr kuni "Real"ga qarshi o‘tadigan bahsgacha tayyor bo‘lishi mumkin.
Argentina terma jamoasi shifokori Donato Villani "Barselona" hujumchisi Lionel Messining jarohati haqida ijobiy gaplar aytgan.
"Messidagi jarohat tuzalishi uchun 7 yoki 8 hafta kerak. Shundan so‘ng muammosiz o‘ynasa bo‘ladi.
Ammo men Leoni uzoq yillardan buyon bilaman va u safga ertaroq qaytishi ham mumkin. Chunki u o‘ynamasa tura olmaydi", - deydi Villani.