22:03 / 28.09.2015
6331

Obama: AQSh uchun to‘g‘ri bo‘lgan narsa, barcha demokratik davlatlar uchun ham to‘g‘ridir

AQSh uchun to‘g‘ri bo‘lgan barcha narsa, boshqa barcha demokratik davlatlar uchun ham to‘g‘ridir, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.

“Men AQSh uchun to‘g‘ri bo‘lgan narsa, boshqa demokratiyalar uchun ham to‘g‘ridir, deb o‘ylayman. Bu yerda tasodifiy narsa yo‘q. Biz qandaydir guruhlarga salbiy munosabatda bo‘lishimizga ko‘ra o‘zimizni baholamasdan, o‘z davlatlarimiz bilan faxrlansak bo‘ladi. Biz boshqalarni vahimali ko‘rsatmasdan, vatanparvarlar bo‘lishimiz mumkin, biz qolganlarni tahqirlamasdan, o‘zimizning o‘xshashligimiz, dinimiz, an'analarimizni ardoqlashimiz mumkin. Bizning tizimlar mutlaq hokimiyat o‘z ortidan mutlaq korrupsiyani keltirib chiqarishini anglashga asoslangan”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, “siz hozir bu yerda, Nyu-York ko‘chalaridan yurganingizda cherkovlar, sinagoga, ibodatxonalar va masjidlarni uchratishingiz, odamlar o‘z diniga bemalol e'tiqod qilayotganlarini ko‘rishingiz, butun sayyoradan odamlarni topa olishingiz; bu davlatda har bir odam qanday ko‘rinishi, kimni yaxshi ko‘rishidan qat'iy nazar, o‘z hissasini qo‘sha olishi” AQSh uchun kuch manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Top