21:32 / 28.09.2015
5059

Obama: demokratiya evaziga biz dunyodagi eng kuchli millatga aylandik

AQSh prezidenti Barak Obama demokratiyalar turlicha bo‘lishi mumkin, biroq zamonaviy davlatlar amal qilishlari zarur bo‘lgan yaqqol narsalar bor, deb aytdi.

“Suriyadagi kabi fojialar demokratiya va asl qadriyatlar bor joylarda yuz bermaydi”, deb aytdi Obama va uning bu gapi zalda yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Obama demokratiyalar turlicha bo‘lishini aytdi: “Men demokratiyalar turlicha ko‘rinish olishini tan olaman”.

Biroq AQSh prezidentining aytishicha, amal qilish kerak bo‘lgan yaqqol narsalar bor: insonlarga ishonish, maktabga borishni taqiqlash, oddiy narsalar uchun ularni qamash mumkin emas.

“Tinch namoyishlarni bostiruvchi hukumat, kuchni emas, qo‘rquv va zaifligini namoyish qiladi”, deb qo‘shimcha qildi Obama. Uning aytishicha, “o‘z xalqidan xavfsiraydigan davlatlar oxir-oqibat qulaydi”.

Obama o‘z nutqida AQShdagi demokratiya yo‘lining o‘ziga xosligini ta'kidlab o‘tdi: “Demokratiya AQShda ko‘ngil sovishini keltirib chiqarishi mumkin. U ideal narsa emas, biroq demokratiya evaziga biz dunyodagi eng kuchli millatga aylandik”.

Top