08:49 / 28.09.2015
4904

Poroshenko Donbassda urushning har bir kuni Ukraina uchun qanchaga tushayotganini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassdagi urush tufayli kuniga 5 mln dollar yo‘qotayotganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Donbassdagi urushning har bir kuni bizga taxminan 5 mln dollarga tushmoqda. Agar urush bo‘lmaganda biz bu pullarni barqaror rivojlanishga sarflashimiz mumkin bo‘lardi”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenkoning hisobiga ko‘ra, Donbassdagi vaziyat infratuzilmaning barbod bo‘lishi va Ukraina iqtisodiy salohiyatining beshdan bir qismining yo‘qotilishiga olib keldi.

“Texnologik fojialar yuzaga kelishi mumkin. Ukraina BMT qurolli to‘qnashuvlar hududida atrof-muhitni muhofaza qilish masalasini hal qilishi vaqti kelgan deb hisoblamoqda. Ukraina bu masala bo‘yicha maxsus fikrlarni taqdim qiladi”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko, shuningdek, Ukrainadagi mojaro hal bo‘lgandan keyin mamlakatni majburan tark etganlarni normal hayotga qaytarishga tayyorligini bildirdi.

Top