08:38 / 28.09.2015
2747

Rossiyalik xonanda Grigoriy Leps Moskva viloyatida tay uslubidagi prodyuserlik markazi ochdi

Tinib-tinchimas rossiyaliy xonanda Grigoriy Leps nafaqat sermahsul ijod qilmoqda, balki “Vysshaya proba” (“Oliy nav”) iste'dodlarni izlash tanloviga boshchilik qiladi, “Golos” shousi hakamlar hay'ati a'zosi hisoblanadi va “Sochida har yili bo‘lib o‘tadigan “Roza xutor” festivaliga boshchilik qiladi.

Endi Leps o‘zining prodyuserlik markazini ochishga qaror qildi. 27 sentabrda 53 yoshli mashhur qo‘shiqchining ulkan loyihasi eshiklari Moskva viloyatidagi Korovino posyolkasi hududida ochildi.

Tay uslubida bezalgan va eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, 2 ming kvadrat metr maydonni egallovchi markaz unga tashrif buyurgan ilk mehmonlarni hayratda qoldirdi.

Prodyuserlik markaziga jurnalistlar va qo‘shiqchining eng yaqin do‘stlari – Sergey Lazarev, “Russkaya mediagruppa”ning sobiq direktori Sergey Kojyevnikov, rep ijrochi Basta, prodyuser Maksim Fadeyev, Emin Agalarov va Lepsning vasiyligidagi xonanda Alina Gros tashrif buyurdilar. Mezbon ular uchun nafaqat markaz bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi, balki barabanda musiqa ijro etib, ularga musiqa san'atidan bir necha saboq berib qo‘ydi.

Bunday hashamatli prodyuserlik markazining ochilishi rus shou-biznesi tarixida misli ko‘rilmagan voqea bo‘ldi, chunki Lepsning bunday hashamatli markazi kabi markaz uning hamkasblarining birortasida ham mavjud emas.

Top