10:04 / 28.09.2015
3538

Ruhoniy: Suriyani kim boshqarishi emas, IShIDni bartaraf qilish muhim masala

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy odamlar Erondagi hukumatni almashtirishdan ko‘ra, IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qilishi kerakligini aytdi.

Bundan tashqari, u havodan berilayotgan zarbalar samarali emasligini, bu orqali g‘alabaga erishib bo‘lmasligini ta'kidlagan.

Ruhoniyning qo‘shimcha qilishicha, IShIDni bartaraf etib bo‘lgachgina, Suriyada siyosiy islohotlar o‘tkazish haqida o‘ylashni boshlasa bo‘ladi.

U Rossiya tomoni ham shu fikrda ekaniga e'tiborni qaratgan.

Biroz oldinroq, Ruhoniy Asadning Suriya hokimiyati tepada qolishi borasida tomonlar yakdil fikrda ekanini aytgani xabar qilingandi.

Top