12:19 / 28.09.2015
2872

Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni qaytarish uchun 667 reys hozirlamoqda

27 sentabr kuni Haj mavsumining yakunlanishi munosabati bilan Saudiya Arabistoni ziyoratga tashrif buyurganlarni o‘z yurtlariga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu maqsadlarda har kuni 667 operativ, ichki va xalqaro reyslar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti bosh direktorining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdurahmon al-Fahdning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun kunu-tun ish olib borilmoqda.
Har kunlik 667 reysdan 337tasi ichki, 173tasi xalqaro ekanligi aytildi. Shulardan 220tasi qirol Abdulaziz nomidagi Jidda aeroportidan amalga oshiriladi.

Top