06:27 / 28.09.2015
3581

Sergey Lavrov: AQSh “IShID”ga qarshi harakatlar uchun BMT Xavfsizlik kengashi ruxsati shart emas, deb hisoblaydi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi koalitsiyaning harakatlari uchun BMT Xavfsizlik kengashi ruxsati shart emas, deb hisoblashini, biroq Rossiya buni xalqaro huquqning buzilishi, deb bilishini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Lavrov bu haqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan BMT Bosh assambleyasida uchrashgandan keyin aytdi.

“Bizning fikrimizcha, bu harakatlar BMTning nizomi, tegishli davlatlarning roziligi hamda Xavfsizlik kengashi qo‘llab-quvvatlovi asosida qurilishi kerak”, deb aytdi Lavrov.

Lavrov “AQSh koalitsiya BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan bunday ruxsatga ehtiyoj sezmaydi, deb hisoblaydi va bu holat xalqaro huquqning buzilishi”, deya ta'kidlab o‘tdi. 

Top