01:41 / 28.09.2015
2926

Sergey Lavrov: Bog‘doddagi muvofiqlashtiruvchi markaz “IShID” bilan kurashish uchun yaratilgan

Bog‘doddagi muvofiqlashtiruvchi markaz “IShID” terrorchilik guruhi bilan kurashish uchun yaratilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh assambleyasi doirasida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi oldidan aytib o‘tdi. 

“Biz hamkorlarimiz bilan “IShID”ga qarshi kurashishda harakatlarimizni muvofiqlashtiramiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.

Avvalroq harbiy manbalar ushbu markazning yaratilganini ma'lum qilishgandi. Shuningdek, AQSh harbiylari Bog‘dodda rossiyalik generallar va harbiy personalning faollashganini ma'lum qilishdi.

Top