So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘afurov tumani, G‘oziyon jamoatidan aniqlangan 11 ming nasha poyasi yoqib yuborildi. Bu ish Tojikiston prezidenti huzuridagi narkotik nazorati bo‘yicha agentlik viloyat boshqarmasi tomonidan “Ko‘knor-2015” tadbiri doirasida amalga oshirildi.
Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, narkotikni yo‘q qilish jarayonida tegishli soha mutaxassislaridan iborat maxsus komissiya ishtirok etgan.