12:40 / 28.09.2015
3300

Toshkentda mijozdan 600 ming o‘g‘irlab ketgan romchi qo‘lga olindi

Toshkentda mijozdan 600 ming o‘g‘irlab ketgan romchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda. Aytilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Ravshan Botirov odamlarga Akfa romlarini o‘rnatib berishni taklif qilib, ulardan turli yo‘llar bilan “zaklad” (bo‘nak puli) olgan. Shundan so‘ng u “mijoz”ning uyini tark etib, qaytib kelmagan.

Bu safar u Rixsi Yunusovaning uyiga kelib, xuddi shunday yo‘l bilan 600 ming so‘m undirgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tib, aldanganini tushungan ayol tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Natijada firibgar qo‘lga olingan.

Top