10:38 / 28.09.2015
4080

Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlarida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy markaz yaratishni taklif qildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida BMT Bosh Assambleyasining 70-sammiti doirasida Ashxobodda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy markaz yaratishni taklif qildi.

Shuningdek, Berdimuhamedov barqaror rivojlanishga qaratilgan 17 yangi loyihani qo‘llab-quvvatladi. U oliy darajadagi oziq-ovqat forumini o‘tkazishni taklif qildi.
“Mamlakatimiz BMT taraqqiyot dasturi bilan birgalikda Ashxobodda iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha mintaqaviy markaz yaratish ishiga kirishadi”, - ta'kidladi u.

Top