19:01 / 28.09.2015
2164

Ukraina AQSh bilan chegaralarni nazorat qilish tizimining yetkazilib berilishi bo‘yicha kelishib oldi

Ukraina AQSh bilan chegaralarni nazorat qilish tizimining yetkazilib berilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, MXMK kotibi o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy Ukrainaga birinchi marta chegarani nazorat qilish va kuzatish uchun erta ogohlantirish tizimining yetkazilishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida ishtirok etdi. Bu tizimlar AQShning Aeroscraft korporatsiyasida ishlab chiqarilgan.

Gladkovskiy korporatsiya bilan hamkorlik qilishning boshlanishini “Ukraina-AQShning Ukraina chegarasini himoya qilish sohasidagi hamkorligi yo‘lidagi muhim qadamdir” deb aytdi.

“Biz joriy yil va 2016 yilning birinchi yarmida chegarani nazorat qilish tizimidan ikkitasining yetkazilib berilishini kutmoqdamiz”, deb aytdi Gladkovskiy.

Gladkovskiyning izohlashicha, bu tizimlar “chegara ortini kunbo‘yi kuzatishni olib borishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida tegishli ta'sir qilish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishni tezlashtiradi”.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko noyabrdan AQShning eng yaxshi instruktorlari Ukraina qo‘shinlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlashlarini ma'lum qilgandi.

Top