22:22 / 28.09.2015
12982

Ukrainaliklar delegatsiyasi Putinning chiqishini o‘z bayroqlarini ko‘targan holda qarshilashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi oldidan anjumanda qatnashayotgan Ukraina delegatsiyasi a'zolari ukrainlarning aftodahol bayrog‘ini namoyish etishdi. Bu holat tasviri rasmiy Kiyevning BMT qoshidagi vakili Yuriy Sergeyev tomonidan tvitterga joylashtirildi.

"Bizning delegatsiyamiz o‘rtoq Putin nutq so‘zlash uchun minbarga ko‘tarilayotganida zaldan chiqib ketishdi. Undan oldinroq esa uning ro‘parasida turishib, unga Ilavoyskdan keltirilgan Ukraina bayrog‘ini ko‘rsatishdi. Mana ko‘ring", deb yozadi Sergeyev.

Biroz oldinroq, Putinning chiqishi arafasida ukrainaliklar anjuman o‘tkazilayotgan zalni tark etishgani haqida xabar berilgandi.

Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainadagi vaziyatga ham to‘xtalgan va Ukrainani qayta qurish jarayonida Donbass aholisi manfaatlari hisobga olinishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

Top