16:24 / 28.09.2015
2181

Volkswagen, Audi va Porsche`ning yangi modellar ishlab chiqaruvchilari o‘z vazifalaridan ozod qilindi

Volkswagen kompaniyasi konsernning o‘zida va uning shu'balari hisoblangan Audi va Porsche kompaniyalaridagi yengil avtomobillar tadqiqotlari va ishlanmalari bo‘limlari boshliqlarini lavozimidan vaqtinchalik bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Mazkur ishdan bo‘shatishlarga yaqindagina avtokonsernning dizel bilan harakatlanuvchi mashinalardagi dasturiy ta'minotda aniqlangan nosozliklar sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Volkswagen Audi va Porsche`dagi bir qator top-menejyerlarni ishdan bo‘shatishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Volkswagen nemis avtomobil konserni atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi holatini tekshirishni aylanib o‘tishuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilgan 500 mingga yaqin avtomobilni sotgani uchun yirik miqdordagi jarimaga tortilishi haqida xabar qilingan edi.

Natijada mazkur avtomobillar chiqargan zararli moddalar miqdori belgilangan normalardan 10-40 barobardan oshib ketgan.

Top