17:40 / 29.09.2015
2535

“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda suvni zararsizlantirishga qaratilgan eruvchi xlor tabletkalari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi, deb xabar beradi “O‘zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati.

Ushbu yangilik “Navoiyazot” AJda ishlab chiqildi. Aytilishicha, bunday tabletkalar ishlab chiqarishga qaratilgan tajriba uskunasi protitipi yaratilgan.

Ayni paytda mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarilgan. Uni keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda huquqiy-normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Top