10:50 / 29.09.2015
2623

1 oktabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Facebook`da jonli muloqotga kirishadi

1 oktabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Facebook`da jonli muloqot o‘tkazadi. Jonli muloqot soat 14:00 dan 14:45 gacha elchixonaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tashkillashtiriladi.

Unda GFRning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Neythart Hyofer - Vissing “Germaniya birlashganligining 25 yilligi” mavzusidagi savollarga javob beradi. Savollarni nemis, rus yoki o‘zbek tilida berish mumkinligi aytilgan.

Muloqot 2015 yilning 3 oktabrida keng nishonlanadigan Germaniya birlashganligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Axborot xizmati e'lon qilgan.

Top