08:33 / 29.09.2015
17043

BMT Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi: Kim nima taklif qildi?

28 sentabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi doirasidagi eng muhim voqealar bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni BMT ming yillik maqsadlari realizatsiyasi va 2030 yilga qadar barqaror rivojlanish maqsadlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan sessiyada ishtirokchi davlatlar rahbarlari yig‘ilganlarga o‘z qarashlari, pozitsiyalari va kelgusidagi rejalari haqida nutqlar so‘zlab chiqishlar qilishdi.

Dastlab minbarga BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ko‘tarildi va dunyodagi dolzarb muammolarga e'tiborni qaratdi. Shundan so‘ng, Braziliya prezidenti Dilma Ruseff, AQSh prezidenti Barak Obama, Polsha prezidenti Anjyey Duda, Xitoy yetakchisi Si Tszinpin, undan keyin esa Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn so‘zga chiqdi. Keyin esa so‘z navbati Vladimir Putinga berildi.

Shuningdek, anjumanda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Koreya respublikasi Pak Kin Xe, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu hamda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kabi rahbarlar chiqish qilishdi.

Abdulaziz Komilov: O‘zbekiston 2030 yilda o‘rtadan yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi>>

25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasida chiqish qildi.

Obama Bashar Asadni mustabid deb atadi>>

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi chiqishini boshladi.

Obama: biz muhojir millatmiz>>

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida irod qilgan nutqida dolzarb muammolardan biri bo‘lmish muhojirlar masalasiga e'tiborni qaratdi.

Obama BMT Bosh assambleyasida Rossiya va Xitoyni potensial muammo deb atadi>>

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh assambleyasidagi nutqida Rossiya va Xitoyni AQShga tahdid soluvchi potensial muammolar deb atadi. 

Obama: bizga kuchli Rossiya kerak>>

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi chiqishi vaqtidagi nutqida o‘z mamlakati Rossiya bilan siyosiy keskinlik holatiga borish niyatida emasligini ta'kidlab o‘tdi.

Obama: AQSh Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor>>

AQSh Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun istalgan davlat, xususan Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida.

Obama: AQSh ittifoqchilarini himoya qilish talab etilsa, darhol kuch ishlatadi>>

AQSh agar mamlakat yoki AQSh ittifoqchilarini himoya qilish masalasi ko‘tarilsa, bir tomonlama ravishda darhol o‘z qurolli kuchlarini ishlatadi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida.

Obama: Rossiyaga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qoladi>>

BMT Bosh Assambleyasida chiqishi chog‘ida AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyani xalqaro masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi. U Donbassdagi inqiroz masalalari hal bo‘lmaguncha Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyani uzaytirishni taklif etdi.

Obama: demokratiya evaziga biz dunyodagi eng kuchli millatga aylandik>>

AQSh prezidenti Barak Obama demokratiyalar turlicha bo‘lishi mumkin, biroq zamonaviy davlatlar amal qilishlari zarur bo‘lgan yaqqol narsalar bor, deb aytdi.

Putin “IShID”ga qarshi antigitler koalitsiyasiga o‘xshash koalitsiyani yaratishni taklif qildi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorchilikka qarshi xalqaro koalitsiyani tashkil etishni taklif qildi.

Putin “IShID”ga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni birlashtirishga undadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqida “IShID” terrorchilik guruhi “ekspansiyasini kengaytirmoqda hamda islom dunyosida va nafaqat u yerda hukmronlik qilishga intilmoqda”, deb aytdi.

Putin Bashar Asad bilan hamkorlik qilishdan voz kechishni xato deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qilishdan voz kechishni katta xato deb atadi.

Putin: BMT tanqidlarga qaramay, universallik bo‘yicha tengi yo‘qdir>>

BMT safida doimo qarama-qarshiliklar bo‘lgan bo‘lsada, qonuniylik va universallik borasida unga teng keladigan tashkilot yo‘qdir, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.

Eron prezidenti Asadsiz Suriyani “terrorchilar uchun jannat” deb atadi>>

Jahon hamjamiyati Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimida qolishi kerak, degan qarorga keldi. Aks holda bu davlat terrorchilar uchun jannatga aylanadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ruhoniy: Suriyani kim boshqarishi emas, IShIDni bartaraf qilish muhim masala>>

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy odamlar Erondagi hukumatni almashtirishdan ko‘ra, IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qilishi kerakligini aytdi.

Eron prezidenti AQShni terrorchilikda aybladi va yadroviy kelishuvni ma'qulladi>>

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida AQShni terrorchilik siyosati hamda “falastin xalqini tahqirlovchi sionistik tartibni qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qildi

Eron prezidenti Saudiya Arabistoni hukumatini hajni tashkil qilishda uquvsizlikda aybladi>>

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqini Makkada haj davomida halok bo‘lganlarning xotirasini yod etish bilan boshladi.

Pan Gi Mun: Muhojirlardan himoyalanish uchun devorlar qurish 21 asrga yarashmaydi>>

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Yevropa Ittifoqi davlatlarini muhojirlarga yanada faol ravishda yordam berishga va ularning yo‘lini to‘sish uchun devorlar qurmaslikka chaqirdi.

Nazarboyev BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanishga ajratishni taklif qildi>>

Qozog‘iston BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanishga ajratishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Nazarboyev: Orol muammosi butun dunyoga tahdid solishi mumkin>>

Kun sayin yo‘q bo‘lib borayotgan Orol dengizi muammosi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasiga, balki butun dunyoga tahdid solishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev: keyingi 30 yilda dunyo harbiy mojarolar muammosini yo‘q qilishi kerak>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqida dunyo 70 yillik harbiy mojarolar davomida yangilarining paydo bo‘lishini yo‘q qilish uchun hanuzgacha yechim topa olmaganini ta'kidlab o‘tdi.

Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlarida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy markaz yaratishni taklif qildi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida BMT Bosh Assambleyasining 70-sammiti doirasida Ashxobodda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy markaz yaratishni taklif qildi.

Tojikiston prezidenti dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan tog‘li davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi>>

BMT Bosh Assambleyasining Barqaror taraqqiyot sammitida chiqish qilgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ko‘plab davlatlar rivojlanish sohasida xalqaro moliyaviy ko‘maklar ko‘rsatilmasa, jahon savdo-sotig‘i jonlantirilib, yangi texnologiyalar yetkazib berilmasa, yangi maqsadlar va vazifalarni amalga oshira olmasligini ma'lum qildi.

XXR raisi: Davlat boshqaruvi qo‘lisiz bozordagi ko‘rinmas qo‘l hech narsaga yaramaydi>>

XXR raisi Si Tszinpin BMT Bosh Assambleyasidagi chiqish paytida “bozordagi ko‘rinmas qo‘l va davlat boshqaruvida bo‘lgan ko‘rinar qo‘l” o‘rtasidagi muvozanatni topish kerakligi haqida so‘zlab o‘tdi.

Xitoy BMT qoshida 1 mlrd dollarlik jamg‘arma tashkil etadi>>

Si Tszinpin Xitoy BMT homiyligida 1 mlrd dollar kapitalga ega bo‘lgan jamg‘arma tashkil etilishini ma'lum qildi.

Si Tszinpin: tinchlik yog‘dusi urush buluti orqali porlaydi>>

Si Tszinpin o‘zining nutqini yapon militarizmi haqidagi xotiralar bilan boshladi. U kelgusida Ikkinchi jahon urushi kabi fojialarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Xitoy yetakchisi urush paytida 35 mln xitoylik halok bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Fransua Olland: “Parij Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, biroq Asad bilan emas”>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij Suriyadagi mojaroni Rossiya va Eron bilan hal qilishga tayyor, biroq Suriya prezidenti Bashar Asad bilan emas, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Top