21:36 / 29.09.2015
5129

AQSh askarlarining miyalariga chip o‘rnatilishi iddao qilinmoqda

AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli mudofaa loyihalari agentligi DARPA chiplarni tatbiq qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqiqmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, Pentagonning superaskar yaratish bo‘yicha tajribalari faol ravishda olib borilmoqda. Olimlar universal boshqariluvchi askar-robotni olishga imkon beruvchi texnologiyani yaratishga harakat qilishmoqda.

Biroq Fusion portali ma'lumotlariga ko‘ra, DARPA’da superaskar emas, balki harbiylarni himoya qilish tizimini yaratish ustida ish olib borilayotgani aytilmoqda. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning Iroqda va Afg‘onistonda xizmat qilgan 2,5 mln askaridan qariyb 300 mingi turli miya jarohatlari bilan o‘z uyiga qaytgan. Pentagonning ta'kidlashicha, Neuroprosthetics deb nom olgan implantantlar “qaynoq” nuqtalarda bo‘lgan harbiylarga yordam berishga qodir.

AQSh matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, gap harbiylarning miyalariga chiplar kiritish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Jurnalistlarning ta'kidlashicha, Pentagonning ilmiy bo‘limi bunday tajribalarni oxirgi o‘n yillar ichida olib bormoqda, biroq askarlarni kiborglarga aylantirish moliyalashtirishning oshirilishi va texnologik taraqqiyot evaziga endigina ro‘yoga aylanmoqda.

Xususan, DARPA “askarlarning jang maydonidagi ishlash qobiliyatini oshirish” va “bosh miya jarohatlaridan keyingi qayta tiklanish” bo‘yicha bir qator loyihalarni moliyalashtirgan.

Pentagon maxfiy ma'lumotlar oshkor bo‘lganda doimo ularning ishlanmalari harbiylarda jarohatdan keyingi stress holatlarini davolash maqsadida o‘tkazilayotganini aytgan. AQShlik jurnalistlarning ta'kidlashicha, agentlikning asosiy vazifasi yangi qurol-aslaha turlarini yaratishdan iboratligini unutmaslik kerak.

Top