12:47 / 29.09.2015
4041

Armani vorisi masalasini hal qildi

Armani modalar imperiyasi asoschisi Jorjio Armani o‘z tarjimai holi bilan bog‘liq ravishda vorisi masalasini hal qildi, deb yozadi WWD nashri.
Kitobning taqdimoti va sotuvga chiqarilishi doirasida 28 sentabr kuni italiyalik dizayner matbuot anjumani uyushtirdi. Jurnalistlarning uning vorisi kim bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga javoban 81 yoshli Armani shunday javob berdi: “Ego uni shuni aytishga majbur qilmoqdaki, Jorjio Armaniga o‘xshagan boshqa hech kim bo‘lmaydi”.
Dizayner o‘zini moda olami inqilobchisi deb atab, uchta eng muhim kashfiyotini esga olib o‘tdi: erkaklar kurtkalarining yaxshilangan dizayni, tungi ko‘ylaklarning yassi tagcharmli poyafzal bilan omuxtalashtirilishi. Shuningdek u ayollarga “ayolligini saqlagan holda erkaklarday kiyinish” imkoniyatini berganini eslatib o‘tdi.
Tarjimai holning taqdimoti brend asos solinganining 40 yilligiga mo‘ljallab o‘tkazildi.

Top