23:24 / 29.09.2015
2404

Barak Obama va Raul Kastro Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazishdi

AQSh va Kuba yetakchilari Barak Obama va Raul Kastro BMT Bosh assambleyasi davomida Nyu-Yorkda ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanganidan keyin ikkinchi uchrashuvlarini o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kastro uchrashuv paytida Obamaning bo‘yi bilan o‘zining bo‘yi o‘rtasidagi farqning kattaligini ta'kidlab, hazillashib qo‘ydi.

Avvalroq Raul Kastro BMT Bosh assambleyasi minbaridan AQSh tomonidan bir necha shartlarning bajarilishi vaziyatida AQSh bilan munosabatlarning yaxshilanishi imkoni borligini aytib o‘tgan edi.

Top