17:44 / 29.09.2015
2261

Dekabrda Turkmaniston TAPH gaz quvuri qurilishini boshlaydi

2015 yil dekabrida Turkmanistonda TAPH (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvurining qurilishini boshlaydi. Bu haqda ushbu mamlakat hukumatidagi manbasiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirishda Turkmanistonga Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘mak beradi.

OTB rahbari Ventsay Chjan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda bank yirik investitsion loyihalar bo‘yicha Turkmanistonning maslahatchisiga aylanishni istashini bildirdi.

Loyihaning texnik va iqtisodiy asosini bank buyurtmasiga ko‘ra Britaniyaning Penspen kompaniyasi tayyorladi.

Turkmaniston gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Top