10:28 / 29.09.2015
7070

GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi

Avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi GM Powertrain Uzbekistan (GMPT) aksionerlari Jyennifer Bigelouni kompaniyaning yangi bosh direktori etib tayinlashdi.

Qarorga ko‘ra, Jyennifer Bigelou 2015 yilning 1 dekabridan boshlab kompaniya bosh direktori sifatida ish boshlaydi.

Uning direktorlik muddati 1 yil bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bigelou xonim 2014 yilning martidan buyon shu lavozimda faoliyat ko‘rsatgan Gayst Robert Valterni almashtirgan.

GM Powertrain Uzbekistan AJning 52 foiz aksiyalariga General Motors, 48 foizlik qismiga esa "Uzavtosanoat" AK egalik qiladi.

Korxona yiliga avtomobillar uchun 225 mingta dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Top