16:19 / 29.09.2015
3454

Gvardiola: Saylov natijalaridan qat'i nazar «Barselona»ni Ispaniya chempionatida saqlab qolish zarur

Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kataloniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari va hududning Ispaniyadan ajralib chiqishi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kataloniya o‘z qarashlarini bildirib bo‘ldi. 80 foizdan ortiq saylovchilar bu muhim tadbirda ishtirok etishdi. Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi partiya parlamentda eng ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi».

«Eng muhimi odamlar saylovlarda hech qanday ortiqcha muammolarsiz ovoz berishdi. Ana endi siyosat haqida ham gapirish mumkin».

«Ammo shunga qaramay, «Barselona»ni Ispaniya chempionatida saqlab qolish zarur. Agar bunday bo‘lib chiqmasa, bu na klubning va na liganing foydasiga ishlaydi», – deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Top