19:18 / 29.09.2015
9723

Hindistonda jahondagi eng arzon avtomobil yaratildi

Jahonda uchg‘ildirakli mototexniklar chiqarish bilan mashhur bo‘lgan Bajaj Auto hind kompaniyasi Qute deb nomlangan subkompakt avtomobilini taqdim etdi. Model kam yoqilg‘i sarflaydigan raqobatchisi Tata Nano dan farqli ravishda jahondagi eng arzon to‘rt g‘ildirakli avto hisoblanadi. Uning qiymati 2 ming dollar bo‘lishi va 16 mamlakatda eksport qilinishi kutilmoqda.

Yangi model uch yil oldin Nyu-Deli motorshousida taqdim etilgan Bajaj RE60 prototipi asosiga yasalgan. Mashina uzunligi 2752 millimetrni, eni — 1312 millimetrni, balandligi esa — 1650 millimetrni tashkil etadi.

Kompakt-kar 217 kub sm.li bir silindrli motorga ega bo‘ldi. U 13 ot kuchiga ega. Besh bosqichli uzutmalar qutisiga ega. Modelb massasi — 400 kilogramm. Eng yuqori tezligi — soatiga 70 kilometr.
Modelni nafaqat Yevropa bozorida,balki Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bozorlarida ham sotish mo‘ljallangan.

Top