14:24 / 29.09.2015
3256

Lavrov Suriyaning Iroq va Liviya yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligiga ishonch bildirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya siyosiy islohotlar o‘tkazish masalasida Iroq va Liviya yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligi kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” ma'lum qildi.

“Biz barcha zarur siyosiy islohotlar olib borilishini, biroq ular Iroq va Liviya yo‘l qo‘ygan demokratiyani yoyish maqsadida xorijdan uyushtirilgan bosqinlar mamlakatlarda notinchlikni keltirib chiqarib, natijada mazkur davlatlarning butunlay yo‘q bo‘lib, ularning uch-to‘rt-besh mayda bo‘laklarga ajralib chegarasiga kelib qolishiga olib kelgan xatolarni takrorlamasligini xohlaymiz”, - dedi Lavrov.

Lavrovning ta'kidlashicha, butun dunyo uchun eng asosiy vazifa terrorizmga qarshi kurash bo‘lishi kerak. Suriyadagi siyosiy islohotlar esa hukumat va barcha muxolifatdagi guruhlar ishtirokida amalga oshirilishi lozim.

Shuningdek, Lavrov Putin IShIDga qarshi kurashda jangarilar pozitsiyalariga aviazarbalar berish va yer usti harbiy amaliyotlarida axborot markazining samaradorligiga ishonch bildirayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top