21:48 / 29.09.2015
3009

Lionel Messi jarohati borligiga qaramay klub mashg‘ulotlariga qatnashishda davom etayapti

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi jarohati borligiga qaramay klub mashg‘ulotlariga qatnashishda davom etayapti, deb xabar tarqatgan Barcablaugranes.com ma'lumotiga asoslanib Sport Ekspress.

Bu ishni qilishda argentinalik hamkasbiga jamoadoshi Luis Suares ko‘maklashayapti. Urugvay terma jamoasi forvardi to‘rt karra “Oltin to‘p” sovrini olgan Messini klub mashg‘ulotlarida bo‘lishi va do‘stlar davrasida ularga ruhiy ko‘mak olishini ta'minlamoqda.

Eslatib o‘tamiz,  Messi Ispaniya La Ligasi 6-turi “Las-Palmas” bilan uchrashuv(2:1) vaqtida jarohat olgandi. Endi u sakkiz hafta maydonga tusha olmaydi(bu vaqt ichida u 13 uchrashuvni o‘tkazib yuboradi: 9 ta klub o‘yini va  4 ta terma jamoa o‘yinlari). Leoning “Real”ga qarshi noyabr o‘rtalarida o‘tadigan “El-klasiko” o‘yinigacha safga qaytishi taxmin qilinayapti.

Top