16:25 / 29.09.2015
4180

Lukashenko BMT Assambleyasiga o‘zining 11 yoshli o‘g‘lini ham delegat sifatida olib bordi

BMTning Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi delegatsiyasi tarkibidan mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li 11 yoshli Nikolay ham o‘rin olgan.

Yosh o‘spirinning majlisda ishtirok etayotgani tasviri tushirilgan fotoni Britaniyaning «The Guardian» nashri muxbiri Shon Uoker o‘zining tvitterdagi akkauntiga joylashtirgan.

Fotoda Nikolay Belarus delegatsiyasi uchun ajratilgan rasmiy joylardan birida o‘tirilgani aks etgan.

Top