09:41 / 29.09.2015
6891

Nazarboyev BMTning bosh ofisini Osiyoga ko‘chirishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida dunyoda tinchlikni ta'minlash va yadrodan xoli dunyoni yaratishni taklif qildi.

U o‘z nutqida BMTning Xavfsizlik Kengashi asossiz ravishda sanksiyalar qo‘llamasligi hamda tashkilotning bosh ofisi Osiyoda bo‘lishi kerakligi haqida gapirib o‘tgan.

U Markaziy Osiyo hududi yadrodan xoli hudud ekanini eslatgan va boshqa mintaqalarni bundan o‘rnak olishga chaqirgan.
Nazarboyev BMTning Global rivojlanish kengashini Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga aylantirish taklifi bilan chiqqan.

"Zamonamizning eng dolzarb muammolari terrorizm, davlatlarning bo‘linishi, migratsiya muammolari bo‘lib qolmoqda. Shuningdek iqtisodiy inqirozlar, qashshoqlik, ishsizlik ham insoniyat uchun og‘riqli muammoga aylandi", deydi Nazarboyev.

U dunyo muzokarachi tomonlarni Minsk kelishuvlariga amal qilishga chaqirgan.

"Osiyodagi davlatlar iqtisodiy jihatdan tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Endilikda o‘zaro aloqalarni kuchaytirish kerak. Men BMT bosh ofisini Osiyoga ko‘chirishni taklif qilaman", dedi Qozog‘iston rahbari.

U o‘zining bu taklifini bundan oldin ham tashkilot markazi Jyenevadan Nyu-Yorkka ko‘chirilgani, bunga Qo‘shma shtatlardagi iqtisodiy rivojlanish sabab bo‘lgani bilan izohlagan.

U Osiyoda dunyo aholisining 1/3 qismi yashayotganiga e'tiborni qaratgan va bu hududda ulkan istiqbollar mavjudligini ta'kidlagan.

Top