08:29 / 29.09.2015
3444

Nazarboyev umumdunyo valyutasini yaratishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida umumdunyo valyutasini yaratishni taklif qildi.

“XXI asrda dunyoga yangi sifatdagi moliyaviy vositalar darkor. BMTga a'zo davlatlar salohiyatini jipslashtirib, global barqaror rivojlanish va gullab-yashnash talablariga javob beradigan umumdunyo valyutasini yaratish lozim”, - dedi u.

Shuningdek, Nazarboyev keyingi 30 yil davomida jahon “harbiy ixtiloflar Gordiy tugunini yechishi” kerakligini aytdi.

Top