07:27 / 29.09.2015
3935

Nazarboyevning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi tarjimon yo‘qligi uchun uzilib qoldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi tarjimon yo‘qligi tufayli to‘xtatib qo‘yildi.

Nazarboyev o‘z chiqishini boshlagach, uning nutqi ma'lum vaqt davomida uzib qo‘yildi. Bunga uning gaplarini boshqa tillarga o‘girishdagi muammo sabab bo‘lgan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan uning nutqi davom ettirilgan.

Qozog‘iston rahbari o‘z nutqida "Insoniyat BMTda o‘zini bir butunlikda his qilishi" haqida aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTga asos solgan avlod vakillari "uzoqni ko‘zlab" ish tutishgan.

Shuningdek, Nazarboyev dunyo bu qaror samarasini ko‘rayotgani haqida fikr bildirib o‘tdi.

Top