15:37 / 29.09.2015
4633

NEXT savdo majmuasi aksiyasidan fotojamlanma

NEXT ko‘ngilochar majmuasi 25 sentabr kuni "quvonch va shodlik har bir bola uchun " deb nomlangan aksiyani tashkil etgani haqida xabar qilingan edi.
Kun davomida Yura davriga sayohat muzeyidagi "Tirannozavr Reks" 25- imkoniyati cheklangan bolalar maktabi, 22-sonli mehribonlik uyi va Yunusobod tumanidagi 47-sonli bolalar bog‘chasiga masxaraboz bilan birga tashrif buyurib, ajoyib tomoshalar o‘tkazildi.

Shu kuni ta'lim muassasalaridan tashqari, poytaxtimizdagi bolalar gavjum maskanlarda ham maxsus tomoshalar tashkil etildi.
Ushbu tomoshalar bolalarning murg‘ak qalbiga bir olam zavqu shavq, yuzlariga kulgu tabassum ulashdi.
E'tiboringizga havola qilinayotgan fotojamlanmada NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasining o‘sib kelayotgan avlodni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib, shu sohada zarur chora–tadbirlarni amalga oshirib kelayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Top