08:56 / 29.09.2015
2723

Obama yaqin oylar ichida Minsk kelishuvlari amalga oshishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yaqin oylar ichida Minsk kelishuvlarining imzolanishi mumkinligi haqida axborot berdi. Bu haqda Nyu-Yorkda Obamaga hamrohlik qilgan ma'muriyat vakili OAV bilan suhbat chog‘ida ma'lum qildi.

“Ukrainaga kelganda, prezident rasmiy hukumatga mamlakatning butunligi va suvereniteti to‘la ta'minlanishiga kafolat berdi”, - dedi u.

“Janob Obama, shuningdek, Minsk kelishuvlarining yaqin oylar ichida bajarilishiga ijobiy munosabat bildirdi”, - qo‘shimcha qildi prezident ma'muriyati vakili.

Top