12:03 / 29.09.2015
6104

Oq uy: Putin va Obama ish yuzasidan gaplashishdi va ko‘p narsalarni muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti uchrashuvi ishchan ruhda o‘tdi va unda ko‘p masalalar hal etildi, deb hisoblaydi Oq uy.
"Bu fikrlarning ish yuzasidan almashinuvidir”, — dedi Oq uy ma'muriyati vakili jurnalistlarga. - "Ular ko‘p savollar ustida ishlashdi", — deb qo‘shimcha qildi u. Yana uning aytishicha, Putin va Obama mavjud muammolarga butun e'tiborlarini qaratishgan.
Shuningdek, ular Suriya inqirozi muammosidan chiqish yo‘lini birgalikda muhokama etishdi, deb aytib o‘tdi ma'muriyat vakili.
Putin va Obama o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, kechasi BMTda bo‘lib o‘tdi. 55 daqiqaga mo‘ljallangan uchrashuv bir yarim soat davom etdi.

Top