09:01 / 29.09.2015
3764

O‘zbekiston kimyo sanoati joriy yilda qariyb 1,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

2015 yilning yanvar-avgust oylarida “O‘zkimyosanoat” DAK tomonidan 1429,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, ishlab chiqarish o‘sishi sur'ati 2014 yilning shu davriga nisbatan 101,2 foizni tashkil qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jumladan 143,2 mlrd. so‘mlik xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish sur'ati o‘sishi 2014 yilning shu davriga nisbatan 124,6 foizni tashkil qildi.

Xususan, 839,7 ming tonna mineral o‘g‘itlar, jumladan 649,5 ming tonna azot o‘g‘iti, 88,1 ming tonna fosfor o‘g‘iti va 102 ming tonna kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarildi.

Top