22:14 / 29.09.2015
7918

Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda. Poroshenko bu haqda BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida aytib o‘tdi. 

Qayd etish joizki, Poroshenko o‘z nutqini ingliz tilida bayon qildi.

“Bu fuqarolik urushi yoki ichki ixtilof emas”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.
Uning aytishicha, “Moskva yangi ongsiz o‘yinni bu gal Ukrainaning Donbass viloyatida boshladi”.

“Bu mening davlatim, Ukrainaga qarshi tajovvuzkorona urush ekanligiga shubha yo‘q”, deb aytdi Poroshenko.

Bu orada Rossiya hukumati Ukraina hududidagi janglarda Rossiyaning muntazam xizmatdagi harbiylari ishtirok etmayotganlarini ko‘p marotaba aytgan.

Top