09:51 / 29.09.2015
2431

Putin: Bag‘doddagi axborot markazi barcha ishtirokchilar uchun ochiq

Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi axborot markazi terrorizmga qarshi kurash olib borayotgan barcha mamlakatlar uchun ochiq, deya xabar bermoqda TASS. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng BMT Bosh Assambleyasi maydonida ma'lum qildi.

“Biz Iroqning Bag‘dod shahrida tashkil etilgan axborot markazi terrorizmga qarshi qiziqish bildirgan qariyb barcha mamlakatlar uchun ochiq ekani haqida gapirib o‘tgan edik”, - dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni Iroq hukumati Rossiya va Suriya bilan hamkorlikda IShIDga qarshi kurash olib borilayotgani haqida ma'lum qilgan edi. Ushbu xabar Rossiya TIV tomonidan ham tasdiqlandi.

Top