06:48 / 29.09.2015
3705

Putin: BMT tanqidlarga qaramay, universallik bo‘yicha tengi yo‘qdir

BMT safida doimo qarama-qarshiliklar bo‘lgan bo‘lsada, qonuniylik va universallik borasida unga teng keladigan tashkilot yo‘qdir, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti qonuniylik, salobatlik va universallik bo‘yicha tengi yo‘q tashkilotdir", deb aytdi Putin.

Putin “BMTga nisbatan oxirgi paytlarda ko‘p tanqidiy fikrlar bildirilayotgani, go‘yoki u yetarlicha samaradorlik namoyish qilmayotgani, prinsipial qarorlarning qabul qilinishi avvalambor BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining yengib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklarga uchrayotganiga” e'tiborni qaratdi. Biroq Putin “BMTdagi turli fikrliklar u mavjud bo‘lgan butun 70 yil davomida bo‘lganini” va “taqiqlov huquqi doimo, shu jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Sobiq ittifoq, keyinchalik Rossiya tomonidan qo‘llanganini”, ta'kidlab o‘tdi.

“Bu turli qiyofali va salobatli tashkilot uchun tabiiy holdir”, deb ishonch bilan aytdi Putin. Uning aytishicha, BMTning tashkil etilishida “unda yakdillik hukm suradi”, deb taxmin ham qilinmagan.

Top