10:32 / 29.09.2015
5928

Putin BMTdagi tushlikda olingan suratdan sirli ma'nolarni qidirmaslikni taklif qildi

BMTdagi delegatsiya rahbarlari uchun tashkil etilgan tushlik vaqtida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ravnaq topishi va bosh kotib salomatligi uchun ko‘tarilgan qadahlar tasvirlangan fotosuratlardan sirli ma'nolarni izlash shart emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga.

Gap shundaki, jurnalistlarni BMT davlat va hukumat rahbarlari uchun tashkil etgan tushlik vaqtida olingan fotosuratlardan biri qiziqtirib qoldi. Suratda Putin va AQSh prezidenti Barak Obama qadah ko‘tarib turgani tasvirlangan bo‘lib, ular o‘rtasida o‘tirgan Pan Gi Mun ko‘rinmas edi.

“Jurnalistlarni o‘zlarining soddaligi hayratlantirmoqda va quvontirmoqda, axir qadahlar bosh kotib aytgan qadah so‘zlari uchun ko‘tarilgan edi, uning o‘zi esa tribunada turgandi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti samimiyat bilan qadah ko‘tardi, biz u bilan bosh kotib salomatligi va BMT ravnaqi uchun qadah ko‘tardik”, - dedi Putin jurnalistlarning Pan Gi Mun haqiqatdan ham prezidentlarning suhbatlashib olishlari uchun ularni xoli qoldirdimi, degan mazmundagi savoliga javob berar ekan.

“Buning ortida hech narsa yo‘q. Bu hisobot tadbiri va boshqa hech narsa emas. Bugun bo‘lib o‘tgan suhbat esa haqiqatdan ham konstruktiv, mufassal va ochiq tarzda kechdi”, - dedi Putin.

Top