12:01 / 29.09.2015
17974

Putin: G‘arb nimalar qilib qo‘yganini endi tushundimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasi sammitidagi chiqishida G‘arb davlatlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada AQSh bilan hamkorlikdagi harakatlari anarxiya va urushni keltirib chiqardi.
Ularning muxolifatni qo‘llab-quvvatlashi Iroq, Suriya, Liviyada davlat institutlarining vayron bo‘lishiga olib keldi, deb ta'kidladi Putin.
Turli guruhlarning o‘zaro kurashi natijasida insonlarning tinchligini ta'minlash tugul, yashash huquqi buzilmoqda.
“Bu mintaqada siyosiy va ijtimoiy muammolar ko‘pdan buyon bor edi, odamlar, shubhasiz, o‘zgarishlarni xohlar edi. Amalda nima bo‘ldi? Tashqi kuchlarning aralashuvi natijasida islohotlarning o‘rniga davlat institutlarining, butun turmush tarzining vayron etilishi omili bo‘ldi. Demokratiya va taraqqiyot qaror topishi o‘rniga ular zo‘ravonlik, qashshoqlik, ijtimoiy fojiaga ega bo‘ldi, inson huquqlari esa yo‘qqa chiqdi. Bunday vaziyatni yaratganlardan so‘ragim keladi: Endi nimalar qilib qo‘yganingizni tushundingizmi?”, - dedi Putin minbardan turib.

Top