11:33 / 29.09.2015
5390

Putin: Nemtsovning o‘ldirilishi – Rossiya tarixining sharmandali sahifasidir

Muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi Rossiya tarixining eng sharmandali sahifalaridan biridir. Buni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan oldi.
“Men buni boshidan aytgan edim, bu zamonaviy tariximizning sharmandali sahifasidir, jinoyatchilar ushlanishi va jazolanishi darkor. Buni birdan amalga oshirishning imkoni yo‘qdir balki, ammo bizda bunday misollar ko‘p”, - dedi u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Nemtsov o‘tgan yilning 28 fevral kuni Moskvaning markazida otib ketildi. Ayrim muxolif siyosatchilarning ta'kidlashicha, o‘limidan oldin u Ukraina sharqidagi urushda Rossiya harbiy qismlari ayirmachilarga yordam berayotgani haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmoqchi bo‘lgan.

Top