09:44 / 29.09.2015
5209

Putin: Rossiyani ajratib qo‘yish imkonsiz, siyosiy sanksiyalar esa samarasiz

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar kutilgan samarani bermasligini ta'kidlab o‘tdi.

“Biz avval-boshdanoq sanksiyalar va ajratib qo‘yish siyosati zamonaviy dunyoda mutlaqo samarasiz ekani va ko‘zlangan maqsadlarga yetkazmasligini ma'lum qilgan edik”, - dedi Rossiya yetakchisi jurnalistlarning Rossiyaning ajratib qo‘yilishi barbod bo‘ldimi, degan mazmundagi savollariga javob berar ekan.

“Rossiya singari mamlakatlarga nisbatan bu (ajratib qo‘yish) shunchaki mumkin emas, hech bo‘lmasa geografik xaritaga nazar tashlash lozim”, - dedi Putin.

Top