19:58 / 29.09.2015
5734

Qirg‘izistondagi To‘xtagul GESi rekonstruksiyasining 2-bosqichi 450 mln dollarga aylanadi

Qirg‘izistondagi To‘xtagul GESi rekonstruksiyasining 2-bosqichi 450 mln dollarga aylanadi. Bu haqda loyihaning taqdimotida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, qurilish Yevroosiyo va Osiyo taraqqiyot banklari tomonidan moliyalashtiriladi. Bunda zarur bo‘lgan mablag‘ning asosiy qismini Osiyo taraqqiyot banki ajratadi. Yevroosiyo taraqqiyot banki To‘xtagul GESining 2- va 4-agregatlari uchun qurilmalarni sotib olishga pul (100 mln dollar) ajaratadi. Pullar grant va imtiyozli kredit ko‘rinishida ajratilmoqda.

“To‘xtagul GESi rekonstruksiyasining 2-bosqichida 3 ta loyiha ko‘zda tutilgan. Birinchi navbatda, rekonstruksiya va stansiyada qurilmalarni almashtirish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Uchqo‘rg‘on GESi qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqiladi. Biz, shuningdek, kelajakda GES majmuasini yanada modernizatsiya qilishda investitsiyalarni jalb qilish uchun uning aktivlarini baholab chiqmoqchimiz”, deb aytdi taqdimotda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil.

Top