11:31 / 29.09.2015
4829

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi tuya bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘ishloq viloyatidagi Chetma-Jingilli avtotrassasida Daewoo Nexia avtomashinasi tuya bilan to‘qnashib ketdi.
Qozog‘iston yo‘l-patrul politsiyasi xodimlarining ma'lum qilishicha, mashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi bo‘lgan 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi "lada.kz" nashri.

Top