12:08 / 29.09.2015
2674

Ronaldino «Fluminense» bilan shartnomasini bekor qildi

Braziliyaning «Fluminense» jamoasi Ronaldino bilan shartnoma bekor qilingani haqida rasman ma'lum qildi.

"Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni to‘xtatishdi", deb ma'lum qilinadi Rio-de-Janeyro jamoasining rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli hujumchi shu yilning iyulida «Fluminense» futbolchisiga aylangan va jamoa bilan 2016 yilning oxirigacha bitim tuzgandi.

Joriy mavsumda u 7ta o‘yinda maydonga tushgandi.

Biroz oldinroq, Ronaldinoning «Antalyaspor» (Turkiya) jamoasiga o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Top